Grafik Dizayn – oddiy qilib aytganda bu obraz, shakl, rasm, shrift, rang orqali g‘oyalarni, ma’nolarni va qadriyatlarni ifodalash
Grafik Dizayn – vizual aloqa vositasidir, taktil emas, verbal emas aynan vizual. Vizual kommunikatsiyaning asosiy ko’rinishi bosma yoki digital statik maket.
Kurs davomiyligi 4 oy boʻlib, unda siz:
- Rang, kompozitsiya va shriftlar bilan ishlash;
- Illyustratsiya, kollajlar va plakatlar yaratish;
- Logo dizayn, brend vizual aydentikasini ishlab chiqish;
- Poligrafiya asoslari, packaging;
- Fotosuratlarni qayta ishlash;
- Figma dasturi yordamida foydalanuvchi interfeysi dizayni va veb-dizayn yaratish kabi aktual bilimlarni oʻrganasiz.
Kursda olingan koʻnikmalar tufayli siz, osongina brendbook, vektor va rastr rasmlar, har qanday poligrafik mahsulotlar dizayni va boshqa shu turdagi dizaynlarni yaratishni o’rganasiz.
Kursni tugatganingizdan soʻng, siz xususiy kompaniyalarning reklama, matbuot va media boʻlimlarida ishlashingiz yoki frilanser sifatida turli buyurtmalar olib daromad topishingiz mumkin bo’ladi.