Interyer dizayn — insonlar uchun qulay va estetik jihatdan yoqimli taʼsirni taʼminlash maqsadida, binolarning ichki muhitini yaratishga asoslangan dizayn sohasi.
Interyer dizaynerlar kompyuter grafikasi yordamida inshootlar ichki muhitini ya’ni interyerini ishlab chiqishadi.
Kurs davomiyligi 3 oy boʻlib, unda siz:
- AutoCAD, 3ds Max va Corona Renderer dasturlarida ishlash;
- Loyihalarning 3D vizualizatsiyasini tayyorlash;
- Interyer dizayn chizmalarini chizish;
- Modellashtirish, teksturalash, vizualizatsiya;
- Interyerda ranglar psixologiyasi;
- Mijozlar bilan ishlash kabi aktual bilimlarni oʻrganasiz.
Interyer dizayn kursida siz nafaqat dizayn koʻnikmalarini oʻrganasiz, balki sanoat qanday ishlashini, ish qidirish va mijozlar bilan munosabat oʻrnatishdagi maslahatlarga ham ega boʻlasiz.
Shuningdek, kurs davomida biz siz uchun qurilayotgan turli obyektlarga ekskursiyalarni tashkil qilamiz, buning yordamida siz oʻzingizning loyihalaringizni qanday hayotga tatbiq etilishini tasavvur qilishingiz mumkin boʻladi.