Kursda siz noldan grafik va poligrafik dizayn yoʻnalishlari va sohalardagi kerakli Adobe Photoshop, Corel Draw, Adobe Illustrator, Adobe InDesign, Adobe Lightroom, Figma dasturlarida ishlashni oʻrganasiz.
Grafik Dizayn – oddiy qilib aytganda bu obraz, shakl, rasm, shrift, rang orqali g‘oyalarni, ma’nolarni va qadriyatlarni ifodalash
Grafik Dizayn – vizual aloqa vositasidir, taktil emas, verbal emas aynan vizual. Vizual kommunikatsiyaning asosiy ko’rinishi bosma yoki digital statik maket.
Kurs davomiyligi 4 oy boʻlib, unda siz:
- Rang, kompozitsiya va shriftlar bilan ishlash;
- Illyustratsiya, kollajlar va plakatlar yaratish;
- Logo dizayn, brend vizual aydentikasini ishlab chiqish;
- Poligrafiya asoslari, packaging;
- Fotosuratlarni qayta ishlash;
- Figma dasturi yordamida foydalanuvchi interfeysi dizayni va veb-dizayn yaratish kabi aktual bilimlarni oʻrganasiz.
Kursda olingan koʻnikmalar tufayli siz, osongina brendbook, vektor va rastr rasmlar, har qanday poligrafik mahsulotlar dizayni va boshqa shu turdagi dizaynlarni yaratishni o’rganasiz.
Kursni tugatganingizdan soʻng, siz xususiy kompaniyalarning reklama, matbuot va media boʻlimlarida ishlashingiz yoki frilanser sifatida turli buyurtmalar olib daromad topishingiz mumkin bo’ladi.
Kursda siz noldan interyer dizayn yoʻnalishi va sohadagi kerakli AutoCAD, 3ds Max, Corona Renderer, Adobe Photoshop dasturlarida ishlashni o’rganasiz.
Interyer dizayn — insonlar uchun qulay va estetik jihatdan yoqimli taʼsirni taʼminlash maqsadida, binolarning ichki muhitini yaratishga asoslangan dizayn sohasi.
Interyer dizaynerlar kompyuter grafikasi yordamida inshootlar ichki muhitini ya’ni interyerini ishlab chiqishadi.
Kurs davomiyligi 3 oy boʻlib, unda siz:
- AutoCAD, 3ds Max va Corona Renderer dasturlarida ishlash;
- Loyihalarning 3D vizualizatsiyasini tayyorlash;
- Interyer dizayn chizmalarini chizish;
- Modellashtirish, teksturalash, vizualizatsiya;
- Interyerda ranglar psixologiyasi;
- Mijozlar bilan ishlash kabi aktual bilimlarni oʻrganasiz.
Interyer dizayn kursida siz nafaqat dizayn koʻnikmalarini oʻrganasiz, balki sanoat qanday ishlashini, ish qidirish va mijozlar bilan munosabat oʻrnatishdagi maslahatlarga ham ega boʻlasiz.
Shuningdek, kurs davomida biz siz uchun qurilayotgan turli obyektlarga ekskursiyalarni tashkil qilamiz, buning yordamida siz oʻzingizning loyihalaringizni qanday hayotga tatbiq etilishini tasavvur qilishingiz mumkin boʻladi.
Yangilangan “Videomontaj” kursimizda sohani yanada tezroq oʻrganish imkoniyatini yaratmoqdamiz. Endilikda kursimiz davomiyligi 1 oyni tashkil etadi. Ushbu qisqa muddatda siz turli xil murakkablikdagi videolarni montaj qilish tajriba va koʻnikmalarini orttirasiz. Oʻrgatiladigan dasturlar: Adobe Premiere Pro, Adobe After Effects va DaVinci Resolve.
Video - bu diqqatni jalb qilish, ma'lumotni yetkazish va lahzalarni aks ettirishning eng samarali usulidir.
Ijtimoiy tarmoqlarda kuniga, balki soatiga turli videolar trendga chiqadi. Ularning koʻpchiligi oddiygina telefonda su'ratga olingan va montaj qilingan videolardir.
Siz ham professionallar kabi videomontaj qilishni oʻrganib, videokontentlar yaratishni istasangiz, unda “Videomontaj” kursimiz sizga mos keladi.
Kurs davomiyligi 1 oy boʻlib, unda siz:
— Turli xil murakkablikdagi videolarni montaj qilish;
— Ovoz, ranglar va effektlar bilan ishlash;
— Vizual effektlardan foydalanish;
— Video ishlab chiqarish bosqichlarini rejalashtirish va shu kabi sohaning muhim koʻnikmalariga ega boʻlasiz.
Kurs davomida olgan bilimlarinigiz orqali siz VFX, 2D va 3D grafikalar, ranglar nazariyasini osongina tushunishingiz mumkin. Oʻrgatiladigan dasturlar: Cinema 4D, Adobe After Effects, Arnold Render va Adobe Photoshop
Moushn dizayn – bu grafik dizayn tamoyillari bilan bogʻliq boʻlgan animatsion grafikalarni yaratish jarayoni.
Kurs oxirida siz reklamalar, kino, video oʻyinlar, YouTube kanallar va boshqa media sohalari uchun moushn grafikalar yaratish imkoniyatiga ega boʻlasiz.
Kurs davomiyligi 3 oy boʻlib, unda siz:
- 2D, 3D grafikalari, CG va VFX asoslari;
- Shakllarning animatsiya asoslari;
- Modellashtirish asoslari;
- Ranglar va kompozitsiyalar bilan ishlash;
- Yoritish va kameralarni joylashtirish;
- Materiallarga tekstura berish kabi aktual bilimlarni oʻrganasiz.
Yaqin yillarda Oʻzbekistonda multfilm sohasi rivojlanib, yangi oʻzbek tilidagi animatsion filmlar taqdim etilmoqda. Kursda siz ham mustaqil ravishda noldan qisqa metrajli multfilmlar yaratish imkoniyatiga ega boʻlasiz. Oʻrgatiladigan dasturlar: Asosiy dastur Autodesk Maya va qoʻshimcha tarzda loyihaga oxirgi ishlov berish uchun Adobe After Effects, Adobe Premiere Pro, Substance Painter.
3D elementlar va qahramonlarni harakatlantirish 3D animatsiya yoʻnalishida oʻrgatiladi. Uni harakatga keltiradigan inson esa 3D animator hisoblanadi.
Qahramonlarning harakatda oʻzini qanday tutishi, quvonchli yoki qaygʻuli vaqtda oʻzida qanday xarakter koʻrsatishi, aynan uning animatsiyasiga bogʻliq boʻladi.
Kurs davomiyligi 3 oy boʻlib, unda siz:
- 3D qahramonni oʻylab topish va uning modeli yasash;
- Qahramonni teksturing, rigging va animatsiya qilish;
- Animatsiyaning 12ta asosiy prinsiplari;
- Tananing turli murakkab mexanikalarini harakatlantirish animatsiyasi;
- Tayyor materiallarni render, kompozing qilish;
- Yakuniy natijaga erishish uchun videomontaj qilish kabi aktual bilimlarni oʻrganasiz.
Umumiy qilib aytganda, endilikda, oʻquvchilar kursni bitirib noldan qisqa metrajli 3d animatsion filmlar yarata oladi.
Kurs davomida siz 3D modeling, sheyding, rigging qilish, animatsiya va simulyatsiyalar bilan ishlashni oʻrganasiz. Bu kursimiz VFX yoʻnalishini boshlangʻich bazaviy kursi hisoblanadi. Oʻrgatiladigan dasturlar: 3ds Max, After Effects, Phoenix FD, Unreal Engine, V-Ray, Blender, Substance Painter va oʻquvchilar ixtiyoriga koʻra boshqa qoʻshimcha dasturlar.
3D Generalist — bu 3D grafikasining barcha yoʻnalishlarida ishlay oladigan, ushbu sohada keng koʻlamli bilim va yuqori koʻnikmalarga ega universal mutaxassis hisoblanadi.
3D grafikasida oʻzgacha muhitlar yasash, modellarni animatsiyalash, ranglarni sozlash, tekstura va yorugʻlik bilan ishlash hamda ularni umumiy 3D sahnaga joylashtirish ishlarini 3D Generalistlar amalga oshiradi.
Hozirgi kunda bu mutaxassislarga talab katta, chunki ular bir vaqtning oʻzida jamoadagi istalgan odamning oʻrnida ishlashlari mumkin.
Kurs davomiyligi 3 oy boʻlib, unda siz:
— Modeling, texturing, shading;
— Animation, simulation, rigging;
— Rendering, compositing
va shu kabi koʻplab boshqa yoʻnalishlarning asoslarini oʻrganib chiqasiz.
Kurs davomida siz bino va inshootlarni 3D modellashtirish asoslarini va 2D elementlarining chizmalarini yaratish, loyihalarni BIM texnologiyalari asosida tayyorlashni oʻrganasiz. Oʻrgatiladigan dasturlar: Autodesk Revit, Lumion, DaVinci Resolve
Revit — MDH davlatlarida arxitektura va konstruktiv loyihalarni modellashtirish uchun mashhur dastur hisoblanadi.
Autodesk Revit sizga yuqori aniqlikdagi 3D modellashtirish va 2D elementlarning chizmalarini chizishga imkon beradi.
Revitda yaratilgan loyihaning ma'lumotlar bazasi qurilish loyihasida ishlash uchun ajralmas vositaga aylanadi.
Arxitektura Revit kursimiz arxitektor, muhandis va quruvchilar hamda arxitektura sohasiga qiziquvchilar uchun mos keladi.
Kurs davomiyligi 3 oy boʻlib, unda siz:
— Autodesk Revit, Lumion, Davinci dasturlarida ishlash koʻnikmalarini;
— 3D modellashtirish asoslari va 2D elementlarning chizmalarini yaratish;
— Arxitektura loyihalarini tayyorlash va ishning istalgan bosqichida hisob-kitoblarni yuritishni oʻrganishingiz mumkin.
Kursda siz modeling, rigging, animatsiya, teksturing va render bo'yicha boshlang'ich bilimlarni egallaysiz
Blender animatsion filmlar, vizual effektlar va 3D-modellar yaratishda ishlatiladigan erkin va ochiq kodli dasturdir. Dastur yordamida 3D-modellashtirish, UV-oʻzgartirish, teksturlash, simulyatsiya, animatsiya, renderlash, harakat qaydi va boshqa video tahrir ishlarini bajarish mumkin.
Unreal Engine (UE) находит всё большее применение в архитектуре благодаря своим мощным возможностям визуализации и интерактивности. Вот несколько ключевых аспектов использования Unreal Engine в этой области:
Визуализация проектов: UE позволяет создавать фотореалистичные рендеры и анимации зданий и интерьеров, что помогает архитекторам и клиентам лучше понять проект ещё до его реализации. Виртуальная реальность (VR): С помощью Unreal Engine архитекторы могут создавать immersive VR-презентации, позволяя клиентам «пройтись» по зданию или пространству, прежде чем оно будет построено. Это улучшает восприятие и помогает в принятии решений/Интерактивные презентации: UE позволяет создавать интерактивные модели, где пользователи могут изменять материалы, освещение и другие параметры в реальном времени, что делает процесс презентации более увлекательным и информативным. Симуляция освещения: Unreal Engine предоставляет инструменты для точной симуляции естественного и искусственного освещения, что позволяет архитекторам оценивать, как свет будет взаимодействовать с пространством в разные времена суток. Эффективность работы: Использование UE может ускорить процесс разработки благодаря возможности быстрого создания прототипов и мгновенной визуализации изменений. Совместная работа: Unreal Engine поддерживает многопользовательский режим, что позволяет командам работать над проектами одновременно и в реальном времени, обсуждая изменения и улучшения.Интеграция с CAD и BIM: UE может интегрироваться с программами для архитектурного проектирования (например, AutoCAD, Revit), что облегчает импорт моделей и их дальнейшую обработку. Обучение и презентации: Unreal Engine также используется для создания обучающих программ и презентаций, которые могут помочь в обучении студентов архитектурным дисциплинам или в обучении сотрудников компаний.Использование Unreal Engine в архитектуре открывает новые горизонты для дизайнеров позволяя им создавать более качественные и интерактивные проекты, улучшая коммуникацию с клиентами и повышая уровень понимания концепций.