Biz hammasini bir joyga yeg'dik!
Siz CGI va VFX sohasining har xil yo'nalishlaridan birmabir o'rganib chiqasiz bu degani siz o'zingizga kerakli yo'nalishni topib olishingiz uchun birqancha kurslarda
alohida o'qib chiqishingiz shart emas, 3D Generalist kursida o'qisangiz kifoya.
Bu kursda siz:
- Modeling
- Texturing
- Shading
- Simulation
- Animation
- Rigging
- Rendering
- Compositing va ko'plab boshqa yo'nalishlarning asoslarini o'rganib chiqasiz!
Lazizxon Gʻaniyev — “3D Generalist” kursi spikeri, VFX supervayzeri, United Soft kompaniyasi asoschilaridan biri.
2006-yildan buyon VFX sohasida faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassis.
Kinofilmlar, videokliplar va reklama bo’yicha O’zbekiston, Qozog’iston, Rossiya, Hindiston, Yevropa va AQSH bilan hamkorlikda faoliyat yuritib kelmoqda.
Animatsiya yo’nalishida Korea, Yaponiya, Xitoy studiyalari bilan loyihalar olib borgan.
2011-yilda United Soft kompaniyasiga, 2014-yilda Let’s Animate markaziga asos solishgan
United Soft kompaniyasi bilan birgalikda yuqori reytinglarda turuvchi Bahubali, Saaho, Syeraa Narasimha Reddy va Radhe Shyam kabi hind filmlarida ish olib borishgan.
3D Motion dizayn – bu 3D obyektlarni harakatlantirish orqali jonli va dinamik vizual roliklar yaratish san'ati. Kursimizda siz Cinema 4D, After Effects, Arnold Render va Photoshop dasturlarini mukammal o‘rganib, animatsiya, vizual effektlar va harakatli grafika yaratish bo‘yicha keng ko‘nikmalarni egallaysiz. Grafik dizayner bo’lsangiz, sohaviy o’sishga ega bo’lasiz.
Moushn dizayn – bu grafik dizayn tamoyillari bilan bogʻliq boʻlgan animatsion grafikalarni yaratish jarayoni.
Kurs oxirida siz reklamalar, kino, video oʻyinlar, YouTube kanallar va boshqa media sohalari uchun moushn grafikalar yaratish imkoniyatiga ega boʻlasiz.
Kurs davomiyligi 3 oy boʻlib, unda siz:
- 2D, 3D grafikalari, CG va VFX asoslari;
- Shakllarning animatsiya asoslari;
- Modellashtirish asoslari;
- Ranglar va kompozitsiyalar bilan ishlash;
- Yoritish va kameralarni joylashtirish;
- Materiallarga tekstura berish kabi aktual bilimlarni oʻrganasiz.
Bizning mintaqada endi rivojlanib ertaga eng talabgor bo'lishi kutilayotgan kasblardan biri bu 3D animatorlikdir.
3D elementlar va qahramonlarni harakatlantirish 3D animatsiya yoʻnalishida oʻrgatiladi. Uni harakatga keltiradigan inson esa 3D animator hisoblanadi.
Qahramonlarning harakatda oʻzini qanday tutishi, quvonchli yoki qaygʻuli vaqtda oʻzida qanday xarakter koʻrsatishi, aynan uning animatsiyasiga bogʻliq boʻladi.
Kurs davomiyligi 3 oy boʻlib, unda siz:
- 3D qahramonni oʻylab topish va uning modeli yasash;
- Qahramonni teksturing, rigging va animatsiya qilish;
- Animatsiyaning 12ta asosiy prinsiplari;
- Tananing turli murakkab mexanikalarini harakatlantirish animatsiyasi;
- Tayyor materiallarni render, kompozing qilish;
- Yakuniy natijaga erishish uchun videomontaj qilish kabi aktual bilimlarni oʻrganasiz.
Umumiy qilib aytganda, endilikda, oʻquvchilar kursni bitirib noldan qisqa metrajli 3d animatsion filmlar yarata oladi.
3D Motion dizayn – bu 3D obyektlarni harakatlantirish orqali jonli va dinamik vizual roliklar yaratish san'ati. Kursimizda siz Cinema 4D, After Effects, Arnold Render va Photoshop dasturlarini mukammal o‘rganib, animatsiya, vizual effektlar va harakatli grafika yaratish bo‘yicha keng ko‘nikmalarni egallaysiz. Grafik dizayner bo’lsangiz, sohaviy o’sishga ega bo’lasiz.
Moushn dizayn – bu grafik dizayn tamoyillari bilan bogʻliq boʻlgan animatsion grafikalarni yaratish jarayoni.
Kurs oxirida siz reklamalar, kino, video oʻyinlar, YouTube kanallar va boshqa media sohalari uchun moushn grafikalar yaratish imkoniyatiga ega boʻlasiz.
Kurs davomiyligi 3 oy boʻlib, unda siz:
- 2D, 3D grafikalari, CG va VFX asoslari;
- Shakllarning animatsiya asoslari;
- Modellashtirish asoslari;
- Ranglar va kompozitsiyalar bilan ishlash;
- Yoritish va kameralarni joylashtirish;
- Materiallarga tekstura berish kabi aktual bilimlarni oʻrganasiz.
- Interyer dizayner - bu aktual kasblardan biri bo'lib kelmoqda. Bundan tashqari, bu kasb sizga masofadan turib ishlash imkonini beradi.
Interyer dizayn — insonlar uchun qulay va estetik jihatdan yoqimli taʼsirni taʼminlash maqsadida, binolarning ichki muhitini yaratishga asoslangan dizayn sohasi.
Interyer dizaynerlar kompyuter grafikasi yordamida inshootlar ichki muhitini ya’ni interyerini ishlab chiqishadi.
Kurs davomiyligi 3 oy boʻlib, unda siz:
- AutoCAD, 3ds Max va Corona Renderer dasturlarida ishlash;
- Loyihalarning 3D vizualizatsiyasini tayyorlash;
- Interyer dizayn chizmalarini chizish;
- Modellashtirish, teksturalash, vizualizatsiya;
- Interyerda ranglar psixologiyasi;
- Mijozlar bilan ishlash kabi aktual bilimlarni oʻrganasiz.
Interyer dizayn kursida siz nafaqat dizayn koʻnikmalarini oʻrganasiz, balki sanoat qanday ishlashini, ish qidirish va mijozlar bilan munosabat oʻrnatishdagi maslahatlarga ham ega boʻlasiz.
Shuningdek, kurs davomida biz siz uchun qurilayotgan turli obyektlarga ekskursiyalarni tashkil qilamiz, buning yordamida siz oʻzingizning loyihalaringizni qanday hayotga tatbiq etilishini tasavvur qilishingiz mumkin boʻladi.