3D elementlar va qahramonlarni harakatlantirish 3D animatsiya yoʻnalishida oʻrgatiladi. Uni harakatga keltiradigan inson esa 3D animator hisoblanadi.
Qahramonlarning harakatda oʻzini qanday tutishi, quvonchli yoki qaygʻuli vaqtda oʻzida qanday xarakter koʻrsatishi, aynan uning animatsiyasiga bogʻliq boʻladi.
Kurs davomiyligi 3 oy boʻlib, unda siz:
- 3D qahramonni oʻylab topish va uning modeli yasash;
- Qahramonni teksturing, rigging va animatsiya qilish;
- Animatsiyaning 12ta asosiy prinsiplari;
- Tananing turli murakkab mexanikalarini harakatlantirish animatsiyasi;
- Tayyor materiallarni render, kompozing qilish;
- Yakuniy natijaga erishish uchun videomontaj qilish kabi aktual bilimlarni oʻrganasiz.
Umumiy qilib aytganda, endilikda, oʻquvchilar kursni bitirib noldan qisqa metrajli 3d animatsion filmlar yarata oladi.