У НАС ДЛЯ ВАС ОТЛИЧНАЯ НОВОСТЬ!
Теперь вы можете пройти курс в режиме онлайн!
Получить профессию стало еще проще! Занимайтесь в удобное время из любой точки мира.
Grafik dizayn – vizual aloqa vositasi bo‘lib, unda ranglar, shakllar, va tasvirlar yordamida g‘oyalarni auditoriyaga yetkazib beriladi. Bu kasbni texnologiyalar davrida raqamli san’at desak ham bo’ladi. Bizning kursimiz aynan shu san’atni o’zlashtirishga mo’ljallangan. Photoshop, Illustrator, CorelDRAW, InDesign va Lightroom kabi zamonaviy dasturlarni chuqur o’rganib, grafik dizayn va poligrafiyaning barcha sirlarini bilib olasiz.
Grafik Dizayn – oddiy qilib aytganda bu obraz, shakl, rasm, shrift, rang orqali g‘oyalarni, ma’nolarni va qadriyatlarni ifodalash
Grafik Dizayn – vizual aloqa vositasidir, taktil emas, verbal emas aynan vizual. Vizual kommunikatsiyaning asosiy ko’rinishi bosma yoki digital statik maket.
Kurs davomiyligi 4 oy boʻlib, unda siz:
- Rang, kompozitsiya va shriftlar bilan ishlash;
- Illyustratsiya, kollajlar va plakatlar yaratish;
- Logo dizayn, brend vizual aydentikasini ishlab chiqish;
- Poligrafiya asoslari, packaging;
- Fotosuratlarni qayta ishlash;
- Figma dasturi yordamida foydalanuvchi interfeysi dizayni va veb-dizayn yaratish kabi aktual bilimlarni oʻrganasiz.
Kursda olingan koʻnikmalar tufayli siz, osongina brendbook, vektor va rastr rasmlar, har qanday poligrafik mahsulotlar dizayni va boshqa shu turdagi dizaynlarni yaratishni o’rganasiz.
Kursni tugatganingizdan soʻng, siz xususiy kompaniyalarning reklama, matbuot va media boʻlimlarida ishlashingiz yoki frilanser sifatida turli buyurtmalar olib daromad topishingiz mumkin bo’ladi.
Arxitektura Revit – bu zamonaviy binolarni loyihalash va qurish jarayonini raqamli tarzda boshqarish uchun mo‘ljallangan ilg‘or platforma. Kursimizda siz Autodesk Revit va Lumion dasturlarini o‘rganib, BIM (Building Information Modeling) texnologiyalarini mukammal darajada o‘zlashtirasiz. Amaliy mashg‘ulotlar orqali haqiqiy arxitektura loyihalari bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Revit — MDH davlatlarida arxitektura va konstruktiv loyihalarni modellashtirish uchun mashhur dastur hisoblanadi.
Autodesk Revit sizga yuqori aniqlikdagi 3D modellashtirish va 2D elementlarning chizmalarini chizishga imkon beradi.
Revitda yaratilgan loyihaning ma'lumotlar bazasi qurilish loyihasida ishlash uchun ajralmas vositaga aylanadi.
Arxitektura Revit kursimiz arxitektor, muhandis va quruvchilar hamda arxitektura sohasiga qiziquvchilar uchun mos keladi.
Kurs davomiyligi 3 oy boʻlib, unda siz:
— Autodesk Revit, Lumion, Davinci dasturlarida ishlash koʻnikmalarini;
— 3D modellashtirish asoslari va 2D elementlarning chizmalarini yaratish;
— Arxitektura loyihalarini tayyorlash va ishning istalgan bosqichida hisob-kitoblarni yuritishni oʻrganishingiz mumkin.
3D Motion dizayn – bu 3D obyektlarni harakatlantirish orqali jonli va dinamik vizual roliklar yaratish san'ati. Kursimizda siz Cinema 4D, After Effects, Arnold Render va Photoshop dasturlarini mukammal o‘rganib, animatsiya, vizual effektlar va harakatli grafika yaratish bo‘yicha keng ko‘nikmalarni egallaysiz. Grafik dizayner bo’lsangiz, sohaviy o’sishga ega bo’lasiz.
Moushn dizayn – bu grafik dizayn tamoyillari bilan bogʻliq boʻlgan animatsion grafikalarni yaratish jarayoni.
Kurs oxirida siz reklamalar, kino, video oʻyinlar, YouTube kanallar va boshqa media sohalari uchun moushn grafikalar yaratish imkoniyatiga ega boʻlasiz.
Kurs davomiyligi 3 oy boʻlib, unda siz:
- 2D, 3D grafikalari, CG va VFX asoslari;
- Shakllarning animatsiya asoslari;
- Modellashtirish asoslari;
- Ranglar va kompozitsiyalar bilan ishlash;
- Yoritish va kameralarni joylashtirish;
- Materiallarga tekstura berish kabi aktual bilimlarni oʻrganasiz.
Interyer dizayn – bu makonlarni estetik va funksional jihatdan to'g'ri loyihalash san'ati. Bu soha vakillari uylar, binolar, ofis va boshqa qurilish obyetklari uchun, va hatto, maktablar uchun ham interyer dizayn loyihalarini ishlab chiqadilar. Bunday dizaynlar qulaylik, go'zallik va uslubni uyg'unlashtiradi. Bizning kursimizda siz AutoCAD, 3ds Max, Photoshop va Corona Render kabi dasturlarni chuqur o’rganib, zamonaviy kasbni egallay olasiz.
Interyer dizayn — insonlar uchun qulay va estetik jihatdan yoqimli taʼsirni taʼminlash maqsadida, binolarning ichki muhitini yaratishga asoslangan dizayn sohasi.
Interyer dizaynerlar kompyuter grafikasi yordamida inshootlar ichki muhitini ya’ni interyerini ishlab chiqishadi.
Kurs davomiyligi 3 oy boʻlib, unda siz:
- AutoCAD, 3ds Max va Corona Renderer dasturlarida ishlash;
- Loyihalarning 3D vizualizatsiyasini tayyorlash;
- Interyer dizayn chizmalarini chizish;
- Modellashtirish, teksturalash, vizualizatsiya;
- Interyerda ranglar psixologiyasi;
- Mijozlar bilan ishlash kabi aktual bilimlarni oʻrganasiz.
Interyer dizayn kursida siz nafaqat dizayn koʻnikmalarini oʻrganasiz, balki sanoat qanday ishlashini, ish qidirish va mijozlar bilan munosabat oʻrnatishdagi maslahatlarga ham ega boʻlasiz.
Shuningdek, kurs davomida biz siz uchun qurilayotgan turli obyektlarga ekskursiyalarni tashkil qilamiz, buning yordamida siz oʻzingizning loyihalaringizni qanday hayotga tatbiq etilishini tasavvur qilishingiz mumkin boʻladi.